Samarqand shahri kengaytiriladi va Surxondaryoda yangi tuman tashkil etiladi

Jamiyat

image

Bugun, 30 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yigirma to‘rtinchi yalpi majlisida Samarqand viloyati Samarqand shahri va Samarqand tumani hamda Surxondaryo viloyatida Bandixon tumanini qayta tashkil etish masalasini ko‘rib chiqdi va ma’qulladi.

Samarqand viloyati Samarqand tumani hududidagi 253,7 gektar (“Qorasuv” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi — 253,7 gektar) yer maydoni Samarqand viloyatining Samarqand shahri tarkibiga o‘tkazilmoqda. Shu munosabat bilan Samarqand shahri va Samarqand tumanining ma’muriy hududi chegaralari o‘zgartirilishi ko‘zda tutilgan.

Surxondaryo viloyati Qiziriq tumani hududidagi “Bandixon”, “Bektepa”, “Obod turmush”, “Polvontosh”, “Saroy”, “Birdamlik”, “Chinor”, “Paxtakor”, “Navbahor”, “Farovon”, “Bahoriston”, “O‘rg‘ilsoy”, “Gulbog‘”, “Qaldirg‘och”, “Zevar”, “Xo‘jaipok”, “Obod yurt” hamda “Bag‘ri keng” mahalla fuqarolar yig‘inlari, Boysun tumanining “Ko‘lqamish” mahallasi “Kuba” qishlog‘i, “Obikor” hamda Quduqsoy mahalla fuqarolar yig‘inlari, Qumqo‘rg‘on tumanidagi “Davlatsoy” mahallasining “Porloq” va “Xurmazor” qishloqlari, “Navruz” hamda “Bandixon” mahalla fuqarolar yig‘ini hududlari tashkil etilayotgan Bandixon tumani tarkibiga o‘tkaziladi.

Samarqand shahri hududining kengayishi hududdagi qadimiy obidalarga zarar yetkazmagan holda aholi uchun ko‘p qavatli arzon uy-joylar qurish imkonini berishi ta’kidlandi. Bandixon tumanining qayta tashkil etilishi esa e’tibordan chetda qolayotgan hududlarni tezroq rivojlantirish imkonini berishi qayd etildi.


Maqola muallifi

Teglar

Surxondaryo Senat yalpi majlis Samarqanda

Baholaganlar

112

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing