O‘zbekiston terma jamoasi darvozabonlar murabbiyi Denis Ivankov Italiyada malaka oshirdi

Sport

image

O‘zbekistonning turli yoshdagi terma jamoalari murabbiylari doimiy ravishda o‘z malakalarini oshirishga katta ahamiyat qaratib, bu borada futboli rivojlangan mamlakatlar  jamoalari tajribasidan keng foydalanishga harakat qilinayapti.
 
Jumladan, O‘zbekiston milliy terma jamoasi darvozabonlar murabbiyi Denis Ivankov Italiyaning “Inter” jamoasida malaka oshirib qaytdi. Milliy terma jamoa bosh murabbiyi Ektor Kuper o‘z vaqtida “Inter” jamoasida bosh murabbiy sifatida ish olib borganidan xabaringiz bor. Denis Ivankovning “neradzurrilar” safida malaka oshirishida Ektor Kuperning ham hissasi katta bo‘lganini alohida ta’kidlash kerak.
 
Terma jamoaning darvozabonlari ustozi malaka oshirish davomida “Inter” klubida olib boriladigan mashg‘ulotlar bilan yaqindan tanishdi hamda italiyalik mutaxassislarning ish uslubini o‘rgandi. Bundan tashqari, “Inter” jamoasi ishtirokidagi o‘yinlarni bevosita stadiondan tomosha qildi. 
 
Shuningdek, Denis Ivankov Ukrainaning “Dinamo” klubi taklifiga ko‘ra, Kiyev shahrida ham bo‘lib, u yerda ham malaka oshirdi. “Dinamo” klubida malaka oshirish jarayonida terma jamoaning sobiq futbolchisi, ayni paytda klubda yordamchi murabbiy sifatida ish olib borayotgan Maksim Shatskixning hissasi katta bo‘ldi.
 
Denis Ivankov Kiyevdagi mashg‘ulotlarni kuzatish jarayonida ham o‘zi uchun ko‘plab kerakli ma’lumotlar va tajribalarga ega bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

O'FA Dinamo Inter Denis Ivankov

Baholaganlar

4

Reyting

3.5

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing