“Mahbuslar hiylasi”. O‘z-o‘zini izolyatsiya qilishdagi qiyinchilikni yengish siri

Salomatlik

image

Uzoq muddatli o‘z-o‘zini izolyatsiya qilish inson ruhiyatiga zarar yetkazishi mumkin, ammo salbiy oqibatlarni kamaytiradigan g‘alaba qozonish usuli mavjud. Moskva psixologik laboratoriyasi rahbari Yuliya Zotova ana shu haqida so‘zlab berdi.

To‘rt devor ichida o‘tirish, hatto qo‘shnilar bilan suhbatlashgani hovliga ham chiqa olmaslik kishi yuragini g‘ash etadi. Zerikishlarning yig‘ilishi va qo‘shimcha energiya sarflashning imkoni yo‘qligi inson psixikasiga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Yuliya Zotovaning ta’kidlashicha, o‘z-o‘zini izolyatsiya qilish, inson miyasi uchun qamoqxona bilan teng. Shu bois bu holatda "mahbuslarning hiyla-nayranglari" usulini qo‘llash mumkin. Xo‘sh, bu qanday amalga oshiriladi?

“Inson ruhiyati shunday tuzilganki, agar unga imkon yaratilsa,  albatta, har qanday cheklovni yengga oladi. Qamoqda bo‘lgan odam o‘zining 10 yildan keyin ozodlikka chiqishiga qattiq ishongani sabab, uzoq vaqt ruhiy bosimga bardosh bera oladi va psixikasini saqlab qoladi. Noma’lum holatda qolgan odam esa ruhiy zo‘riqishga duchor bo‘ladi. Muhimi o‘zini yaxshi kelajakka qattiq ishontirish.

“Agar o‘z-o‘zini izolyatsiya qilish rejimi bir hafta davomida e’lon qilingan bo‘lsa-yu, keyinchalik uzaytirilsa, bu holatga ko‘nikish osonroq bo‘ladi. Ammo noaniqlik davrida ham kelajak uchun reja tuzishni boshlasangiz, o‘zingizga yordam bergan bo‘lasiz”, dedi Yuliya Zotova.

 


Maqola muallifi

Teglar

psixologiya

Baholaganlar

137

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made