Toshkentda “O‘zbekiston temir yo‘llari” mulozimi pora bilan ushlandi

Jamiyat

image

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ mulozimi ishga kiritib qo‘yishni va’da berib, kelishilgan pulni olayotgan vaqtida ushlandi. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Sirdaryo viloyat hududiy idoralararo komissiyasining navbatdagi yig‘ilishida aytib o‘tildi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sirdaryo viloyat boshqarmasi hamda DXX viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan hamkorlikda fuqaro A.ning arizasiga asosan joriy yilning 31 yanvar kuni tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJga qarashli Xovos tumani signalizatsiyalash va aloqa masofasi korxonasi mashinisti Sh. o‘zining tanishlari orqali fuqaro A.ni “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tizimiga ishga kiritib qo‘yish evaziga 1100 AQSH dollari talab qilgan. Undan kimyoviy ishlov berilgan 1100 AQSH dollarni Xovos tumani hokimligi ma’muriy binosi yonida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shundan so‘ng, Sh.ning arizasiga asosan tezkor tadbir davom ettirilganda, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning “O‘zbekiston” lokomotiv deposi qo‘riqlash bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari X. oldindan til biriktirib, pora berishga dalolat qilib, Sh.dan fuqaro A.ni “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tizimiga ishga kiritib qo‘yish evaziga kimyoviy ishlov berilgan 1100 AQSH dollarini Toshkent shahar “Chilonzor” metro bekati yonidagi avtoturargohda olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

korruptsiya O'zbekiston temir yo'llari

Baholaganlar

206

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing