Avtotransport vositasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda texnik ko‘rik bekor qilinishi mumkin

Jamiyat

image

Joriy yilning 13 aprel kuni Avtomototransport vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishning yangi mexanizmini belgilab beruvchi hujjat loyihasi Normativ-huquqiy hujjatlar loyihasi muhokamasi portaliga qo‘yildi.

Loyihaga ko‘ra, avtomototransport vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va avtoraqam berish xizmati tajriba tariqasida 2019 yil 1 maydan boshlab, Toshkent shahrida Ichki ishlar Bosh boshqarmasi bilan hamkorlikda Davlat xizmatlari markazlari orqali ko‘rsatiladi.

Avtomototransport vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentida nazarda tutilgan davlat xizmatlari 2020 yilning 1 noyabridan boshlab faqat Davlat xizmatlari markazlari orqali ko‘rsatiladi, bunda ushbu xizmat Davlat xizmatlari markazlari va vakolatli organlarning tayyorgarligidan kelib chiqib, belgilangan muddatdan oldin bosqichma-bosqich joriy etilishi mumkin.

Davlat xizmatlari markazlari orqali avtomototransport vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish xizmatini ko‘rsatishda avtotransport vositalarini ko‘zdan kechirish talab etilmaydi.

Shuningdek, 2019 yilning 1 mayidan boshlab Davlat xizmatlari markazlari va Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati organlari tomonidan avtomototransport vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish jarayonida ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilari (“O‘zbekiston Respublikasi tovar-xom ashyo birjasi” AJ axborot tizimida auksion orqali beriladigan ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilari bundan mustasno) elektron tizim orqali inson omilining aralashuvisiz avtomatik tarzda tanlash orqali taqdim etiladi;

milliy haydovchilik guvohnomalarini almashtirish davlat xizmati 2019 yilning 1 iyunidan boshlab faqat Davlat xizmatlari markazlari orqali ko‘rsatiladi.

2019 yilning 1 iyuniga qadar avtomototransport vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish hamda milliy haydovchilik guvohnomalarini almashtirish davlat xizmatlarini ko‘rsatish jarayonining to‘liq avtomatlashtirilishini;

Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda 2019 yilning 1 iyuniga qadar qonun hujjatlariga muvofiq avtomototransport vositasining tasarruf etilishiga taqiq yoki uning xatlab qo‘yilishiga doir ishlar yagona elektron tizimga ulangan holda amalga oshirilishini, mazkur ma’lumotlardan real vaqt rejimida foydalanish imkoniyati yaratilishini;

2020 yilning 1 yanvariga qadar davlat ro‘yxatidan o‘tgan barcha avtomototransport vositalarini inventarizatsiyadan o‘tkazib, elektron ma’lumotlar bazasi shakllantirilishini;

milliy haydovchilik guvohnomasini almashtirish va yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasini taqdim etish hamda avtomototransport vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish davlat xizmatlarini Davlat xizmatlari markazlari orqali ko‘rsatilishini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan axborot dasturlaridan erkin foydalanilishini ta’minlaydi;

ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarini Davlat xizmatlari markazlaridan Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining ro‘yxatdan o‘tkazish va imtihon olish bo‘linmalari arxiviga qabul qilib olish va belgilangan tartibda saqlash yoki yo‘q qilish choralarini ko‘rib boradi;

notarius tomonidan tasdiqlangan avtomototransport vositasini boshqa shaxsga berish to‘g‘risidagi (oldi-sotdi) shartnoma haqidagi ma’lumotlarning yagona elektron tizimga kiritib borilishi va mazkur ma’lumotlardan real vaqt rejimida foydalanish imkoniyati yaratilishini;

Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi bilan birgalikda 2019 yil mobaynida muntazam ravishda Davlat xizmatlari markazlarining xodimlari ishtirokida ushbu qaror bilan tasdiqlangan ma’muriy reglamentlarni amalda qo‘llashning samaradorligi va amalda qo‘llanilishi natijadorligi darajasini oshirishga yo‘naltirilgan o‘quv seminarlari tashkil etilishi va o‘tkazilishini ta’minlab boradi.

“O‘zavtosanoat”AJ, avtomototransport vositalari tashkiloti – ishlab chiqaruvchisi, uning vakili yoki vositachi (distribyutorlik) tashkilotlari O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan hamkorlikda:

ikki oylik muddatda o‘z axborot tizimlarini avtomototransport vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazishning avtomatlashtirilgan tizimiga integratsiya qiladi;

2019 yilning 1 iyundan boshlab avtomototransport vositasining mulk huquqini e’tirof etish hujjatlarining (hisob-ma’lumotnomalar) elektron tizimga joylashtirib borilishini ta’minlasin hamda ushbu ma’lumotlardan real vaqt rejimida foydalanish imkoniyatini yaratadi;

avtomototransport vositasining mulk huquqini e’tirof etish hujjatlarini (hisob-ma’lumotnomalar) taqdim etishda avtomototransport vositalarining turi, markasi, modeli, ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgisi, identifikatsiyalovchi shassi (rama), kuzov va dvigatellar raqamlarining tegishli ma’lumotlarga muvofiqligi nuqtai nazaridan ko‘zdan kechirilishini ta’minlab boradi.

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligiga yangi namunadagi haydovchilik guvohnomalari va avtomototransport vositalarining davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi haqidagi guvohnomalar blankalari, shuningdek ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarini yetkazib beruvchilardan to‘g‘ridan-to‘g‘ri qabul qilib olish huquqi beriladi.


Maqola muallifi

Teglar

Avtomototransport

Baholaganlar

13

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar