Karantintda hamdardlik. Yaponiyalik deputatlar o‘z maoshidan aholiga ulashdi

Olam

image

Bugun, 14 aprel kuni koronavirus sababli daromadlar pasayishini boshdan kechirayotgan mamlakat fuqarolari bilan birdam bo‘lish uchun Yaponiya parlamentining ikkala palatasi deputatlari ish haqini 20 foizga kamaytirishga kelishib oldi. Bu chora bir yil davomida amal qiladi, deb xabar bermoqda “Kyodo” axborot agentligi.

Tomonlarning o‘zaro maslahatlashuvlaridan so‘ng tegishli qonun loyihasi zudlik bilan parlamentga ma’qullash uchun yuboriladi va to‘lovlarni kamaytirish may oyidan boshlanishi kutilmoqda. “Mamlakatda vaziyat o‘ta og‘ir. Aholi katta qiyinchiliklarga duch keldi. Bu davrda parlament xalq bilan birga bo‘lishi juda muhim”, dedi parlamentning quyi palatasidagi hukmron Liberal-demokratik partiyasi fraksiyasining rahbari Xirosi Moriyama.

Ikkala palatadeputatlarining har biri 1 million 294 ming iyen (deyarli 12 ming dollar) maosh oladi. Parlament a’zolarining ish haqini kamaytirish orqali olingan mablag‘lar infeksiyaning tarqalishi bilan bog‘liq turli xil cheklovlar tufayli aholiga yetkazilgan zararlrni qoplash va to‘lashga sarflanadi. 

Shunga o‘xshash chora-tadbirlar Yaponiyada ko‘p marotaba amalsha oshirilgan. Bular misol qilib, 2011 yilda sodir bo‘lgan sunami ofati va Fukusima-1 avariyasini keltirish mumkin.

Tokioda va mamlakatning boshqa oltita prefekturasida 8 apreldan boshlab favqulodda holat rejimi kuchga kirdi. Ushbu hududlardagi ko‘plab ko‘ngilochar joylar, barlar va boshqa gavjum joylar yopildi. Favqulodda vaziyat rejimini amalga oshirish shartlari mintaqaga qarab farq qiladi. Rasmiylar aholini ehtiyojsiz uydan chiqmaslikka chaqirmoqda.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Yaponiyada koronavirusga 7 645 nafar odam chalindi. 799 bemor shifo topgan bo‘lsa, 143 kishi vafot etdi.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus Yaponiyada

Baholaganlar

20

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing