2020 yilda O‘zbekistonda saylovga oid xalqaro konferensiya o‘tkaziladi

Jamiyat

image

2020 yilda O‘zbekistonda Saylov qonunchiligi va mavjud tajribadan kelib chiqib xalqaro konferensiya tashkil etiladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisi Mirzo-Ulug‘bek Abdusalomov ma’lum qildi. 

“Markaziy saylov komissiyasining oxirgi yig‘ilishlarida qaror qabul qildik. Xalqaro kuzatuvilarning fikrlarini o‘rganib, taklif kirityapmiz. 2020 yilning ikkinchi choragida xalqaro konferensiya tashkil qilmoqchimiz. Konferensiyaning asosiy maqsadi – o‘tgan saylovlarda qanday kamchiliklarga yo‘l qo‘ydik, qanday saboqlar oldik, qanaqa fikrlar bilan chiqamiz. 2020 yilda saylov qonunchiligi va amaliyotini yanada takomillashtiramiz”, deydi  Mirzo-Ulug‘bek Abdusalomov. 

Tashkilot rahbari shuningdek, saylovchilarni ro‘yxatga olish bo‘yicha muhim ishlar haqida aytdi. 

“Saylovchilarning yagona elektron ro‘yxati shakllantirildi. 20 milliondan ortiq saylovchilarning manzili, qayerda turishi elektron ravishda bog‘lab dasturga kiritdik. Ular yashaydigan turar joy ob’ektini ham hisobga olib, 7 millionga yaqin uy-joy ob’ektlari ro‘yxatga olindi. Uyma-uy yurib saylovchilarning elektron manzili olindi. 

Xabaringiz bor, Prezidentimizning qarori bo‘yicha 2022 yilda bizda umumxalq ro‘yxatga olish o‘tkaziladi. Mana shunga dasturimiz ham asos bo‘ladi degan fikrdaman. Davlat tashkilotlari rahbarlaridan iltimos qilardimki, bu tizimni to‘liq ishlatishimiz kerak. Tirik organizm sifatida ishlatishimiz kerak”, deydi Markaziy saylov komissiyasi raisi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

40

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing