Toshkentda avtobuslarni Yandeks Mapsda ham kuzatish mumkin

Jamiyat

image

“Toshshahartransxizmat” AJ va "Yandeks" kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik doirasida avtobus yo‘nalishlari mobil ilovasi sinovlari muvaffaqiyatli yakuniga yetdi.

Kecha, 17 sentyabrdan boshlab “Toshshahartransxizmat“ AJ avtobuslarining harakatini Yandeks Maps ilovasi orqali kuzatish yo‘lga qo‘yildi.

Jamoat transportidan foydalanuvchilarga sir emaski, “Toshshahartransxizmat” AJ avtobuslarida GPS mobil ilovasi avvaldan ishlab kelmoqda, unga yana bir qo‘shimcha sifatida endi "Yandeks" ilovasi ham qo‘shildi. Endi poytaxt aholisi kerakli transport qayerda va qancha vaqtda yetib kelishini bir emas bir necha ilovalar orqali kuzatib borishi mumkin bo‘ladi.

"Yandeks" ilovasi ishlash davomida yanada takomillashtirilib boriladi. Shuningdek, uning o‘zbek tilida ham ishlashi undan foydalanish qulayligini yana bir karra oshiradi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshshahartransxizmat poytaxt

Baholaganlar

22

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing