Bektemirdagi AGTKSda yong‘in yuz berdi

Jamiyat

image

Kecha, 25 avgust kuni Toshkent shahri Bektemir tumanidagi Avtomobilga gaz to‘ldiruvchi kompressor stansiyasida (AGTKS) yong‘in yuz berdi. Bu haqda Toshkent shahar Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.

25 avgust kuni soat 19:11 da, Bektemir tumani, Oxangaron shox ko‘chasida joylashgan, “Gulsara Lyuks” MCHJga qarashli AGTKSda ZIL rusumli yuk avtomashinasini motor va kabina qismlari yongan. Yong‘in o‘chirish bo‘linmalarining harkati natijasida yong‘in soat 19:24 da o‘chirilgan. Yong‘in joyiga 4 ta yong‘in o‘chirish texnikasi jalb qilingan.

Yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Yong‘inda insonlarni halok bo‘lish va tan jarohati olish holatlari qayd etilmadi.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in Bektemir AGTKS

Baholaganlar

21

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing