O‘zbekiston Xitoyning yana bir shahrida konsulxona ochadi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Janubiy Xitoyning siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, ta’lim va madaniy markazi bo‘lgan Guanchjou shahrida O‘zbekiston Bosh konsulxonasi ochishni rejalashtiryapti. Bu masalani O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Pekin shahrida Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi a’zosi, Tashqi ishlar vaziri Van I bilan uchrashuvda muhokama qilgan.

Tashqi siyosat idoralari rahbarlari ikki tomon kun tartibi,  ayrim xalqaro va mintaqaviy muammolarga tegishli qator dolzarb masalalarni muhokama qildi. 

Xitoyning “Sinxua” axborot agentligi qo‘shimcha qilishicha, Abdulaziz Komilov O‘zbekiston yagona Xitoy siyosatiga qat’iy rioya qilishi hamda asosiy manfaatlar masalalarida uni qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qilgan.

Vazirning qayd etishicha, O‘zbekiston Xitoyning Shinjondagi deradikallashtirish choralarini qo‘llab-quvvatlaydi, hech bir xorijiy mamlakat Xitoyning ichki ishlariga aralashishga haqli emas.

Uchrashuv chog‘ida O‘zbekiston va Xitoy strategik sherikligini mustahkamlash bilan bog‘liq boshqa masalalar ham muhokama qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

Abdulaziz Komilov O'zbekiston-Xitoy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing