O‘zbekistondagi attraksionlarning aksariyati talabga javob bermaydi

Jamiyat

image

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi madaniyat va istirohat bog‘laridagi mavjud attraksionlarni davlat nazoratidan o‘tkazish uchun hududlar bo‘yicha 100 nafardan iborat jami 16 ta ishchi guruh tuzildi. Ishchi guruhlar tomonidan hududlardagi mavjud 129 ta madaniyat va istirohat bog‘i hamda aholi dam olish maskanlaridagi jami 1 ming 845 ta attraksion ko‘zdan kechirildi va ularning xavfsiz foydalanish talablariga rioya etishi o‘rganib chiqildi.

Ta’kidlanishicha, attraksionlarning 1 ming 292 tasida texnik pasporti mavjud emas. 1 ming 106 tasida attraksionlarni kunlik texnik ko‘rikdan o‘tkazish jurnali yo‘q. 928 attraksionda ishlatish va o‘rnatish bo‘yicha yo‘riqnomalar mavjud emas. Attraksionlarga biriktirilgan xodimlarning 1 ming 258 nafarida o‘qiganlik to‘g‘risidagi maxsus guvohnomalar yo‘q va ular texnikadan foydalanish tartib qoidalarini mutlaqo bilmaydi.

695 attraksionda javobgar shaxs tayinlanmagan bo‘lsa, 931 tasida operator va javobgar shaxslarning lavozim yo‘riqnomalari ishlab chiqilmagan. 854 ta attraksionda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish imkoniyati mavjud emas.

Aniqlangan kamchiliklardan ko‘rinib turibdiki, madaniyat va istirohat bog‘laridagi attraksionlarning aksariyati foydalanish talablariga javob bermaydi. Bu holat esa inson hayoti uchun xavflidir.

Ma’lum qilinishicha,O‘zbekistonga ko‘p attraksionlar xorijiy davlatlardan, xususan, Xitoydan olib kelinadi. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan attraksionlar esa yetarli tajribaga ega konstruktorlar yo‘qligi sabab talabga to‘liq javob bermaydi. 

Joriy yilda Jizzaxda sodir bo‘lgan inson o‘limi bilan bog‘liq fojia ham o‘zimizda ishlab chiqarilgan attraksionda ro‘y bergan.

O‘rganishlar davomida noqonuniy faoliyat ko‘rsatayotgan attraksionlar faoliyati ham aniqlanganligi aytildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

12

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing