Jalaquduq tumani hokimi iste’foga chiqdi

Jamiyat

image

Andijon viloyati Jalaquduq tumani hokimi Sodiqjon Turdiyev salomatligi tufayli o‘z arizasiga muvofiq vazifasidan ozod etildi. Bu haqda QALAMPIR.UZ`ga viloyat hokimligi Matbuot xizmati ma’lum qildi.

Jalaquduq tumaniga vaqtincha hoim vazifasini bajarib turish uchun Turdiyevning birinchi o‘rinbosari Zokirjon Davronov tayinlandi.

Zokirjon Davronov 1968 yilda Jalaquduq tumanida tug‘ilgan,  ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi iqtisodchi,  moliyachi. 1997 yilda Andijon iqtisodiyot va boshqaruv instituti hamda 1999 yilda O‘zbekiston Bank-moliya akademiyasini tamomlagan. Turli yillarda Jalaquduq,  Izboskan tumanlari, Qorasuv shahar soliq inspeksiyasi,  Andijon shahar byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi, Qo‘rg‘ontepa tumani g‘azna bo‘limi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.  2017-yildan buyon Jalaquduq tumani hokimining birinchi o‘rinbosari vazifasida ishlab kelayotgandi. 

Ma’lumot uchun, Sodiqjon Turdiyev 2017 yilning avgust oyidan buyon Jalaquduq tumanida rahbarlik qilib kelayotgandi. Bunga qadar esa Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi siyosiy kengashi ijroiya qo‘mitasi raisi,  O‘zbekiston Fermerlar kengashi raisi vazifalarida ishlagan.


Maqola muallifi

Teglar

tayinlov Jalaquduq tumani Zokirjon Davronov

Baholaganlar

93

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing