Boks. O‘zbekiston JCHni birinchi o‘rinda yakunladi

Sport

image

Kecha, 21 sentyabr kuni Rossiyaning Yekaterinburg shahrida boks bo‘yicha yubiley 20-jahon chempionati o‘z yakuniga yetdi. Musobaqaning eng so‘nggi finali o‘zbekistonlik Bahodir Jalolov (+91 kg) va qozog‘istonlik Kamshibek Konkabayev ishtirokida kechdi.

Bu bahsda super og‘ir vazn toifasiga ega o‘zbekistonlik sportchining qo‘li baland kelib, Bahodir Jalolov faoliyatida ilk bor jahon chempionatining oltin medaliga sazovor bo‘ldi. 

Shu tariqa O‘zbekiston terma jamoasi vakillarining musobaqada qo‘lga kiritgan medallari 3 ta oltin, 1 tadan kumush va bronzani tashkil etdi. O‘zbekiston bunday natija bilan jahon chempionatini umumjamoa hisobida birinchi o‘rinda yakunladi! Mezbon Rossiya terma jamoasi esa 3 ta oltin medal bilan ikkinchi pog‘onaga joylashdi.

Yana bir ahamiyatli jihati Jalolov o‘zining azaliy raqibi bilan o‘zaro hisob-kitob bo‘yicha oldinga chiqib oldi. Bungacha mazkur bokschilar 4 marotaba to‘qnash kelishgan va hisob 2:2 ko‘rinishida turgan edi.

Quyida mazkur jahon chempionatida sovrindor bo‘lgan o‘zbekistonlik sportchilarni yodga olib o‘tamiz:

Oltin medal:
-52 kg: Shahobiddin Zoirov
-57 kg: Miraziz Mirzahalilov
+91 kg: Bahodir Jalolov

Kumush medal:
-81 kg: Dilshodbek Ro‘zmetov

Bronza medal:
-69 kg: Bobousmon Baturov


Maqola muallifi

Teglar

boks Bahodir Jalolov Jahon chempionati

Baholaganlar

73

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing