Prezident Aripov va G‘aniyevga yangi vazifa topshirdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Xalqaro hunarmandchilik festivalini o‘tkazib borishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonni qabul qilgani haqida xabar bergan edik.

Farmonga bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Savdo-sanoat palatasi, “Hunarmand” uyushmasi, Madaniyat vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi va Farg‘ona viloyati hokimligining har ikki yilda bir marta sentyabr oyida Qo‘qon shahrida Xalqaro hunarmandchilik festivalini hamda festival doirasida “Hunarmandchilik va xalq amaliy san’atini rivojlantirish istiqbollari” mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiyani o‘tkazish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullandi.

Shuningdek, quyidagi rahbar va mutasaddilarga:

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.Aripov – festival va ilmiy-amaliy konferensiyani tashkil etish hamda o‘tkazish bo‘yicha ko‘zda tutilgan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;

O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi (A.Ikramov), Madaniyat vazirligi (B.Sayfullayev), Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (A.Akkulov) – tadbirlar dasturini ishlab chiqish va ularni uch oy avval turistik tashkilotlarga taqdim etish hamda Internet jahon axborot tarmog‘i va ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirish;

Farg‘ona viloyati hokimligi (Sh.G‘aniyev) – Qo‘qon shahrida keng ko‘lamdagi obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini amalga oshirish, festival va ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkaziladigan maydon va hududlarni talab darajasida tayyorlashni ta’minlash;

O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (A.Akkulov), Farg‘ona viloyati hokimligi (Sh.G‘aniyev) –festival va ilmiy-amaliy konferensiya qatnashchilari va mehmonlar uchun mehmonxonalardan joy ajratish choralarini ko‘rish;

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi (B.Sayfullayev), Savdo-sanoat palatasi (A.Ikramov) – tadbirlarning tantanali ochilish marosimini tashkiliy va badiiy jihatdan har tomonlama puxta tayyorlash uchun yuksak professional mahorat va tajribaga ega bo‘lgan ssenarist va rejissyorlar, usta hunarmandlar, sahna rassomlari, iste’dodli yosh san’atkorlarni keng jalb etishni ta’minlash yuzasidan shaxsiy mas’uliyat yuklandi.


Maqola muallifi

Teglar

festival' hunarmandchilik

Baholaganlar

439

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing