Migrantlar uchun qo‘shimcha imtiyozlar belgilanmoqda

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, 2020 yil 1 yanvargacha chet elga ishga ketayotgan fuqarolarni ketishdan oldin kasbga yo‘naltirish markazlari tashkil etiladi. Bunda, har bir ta’lim oluvchi uchun bir oyda 4 bazaviy hisoblash miqdoridan ortiq bo‘lmagan miqdorda grantlar ajratiladi.

Shuningdek, mehnat migrantlari uchun quyidagilar imtiyozli sug‘urta qilinadi:

•    ishga joylashishga patent va boshqa hujjatlar berilishini rad etilishi tavakkalchiligini sug‘urta qilish;
•    transport xarajatlari va boshqa xarajatlar uchun kreditlar qaytarilmasligi tavakkalchiligini sug‘urta qilish;
•    ixtiyoriy tibbiy sug‘urta.

Qarorga ko‘ra, Vatanga qaytib kelgan ishsiz va band bo‘lmagan mehnat migrantlariga Bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasi hisobidan grantlar berish yo‘li bilan bepul kasbiy o‘qitish, qayta o‘qitish va malakasini oshirish choralari ko‘riladi.

Shuningdek, 2020-2021 yillarda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Yekaterinburg, Novosibirsk, Volgograd, Pyatigorsk, Istanbul, Nur Sulton, Dubayda vakolatxonalari ochiladi.


Maqola muallifi

Teglar

migrant

Baholaganlar

71

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing