Istanbulda ikki o‘zbekistonlik vafot etdi

Olam

image

Turkiyaning Istanbul shahridagi shifoxonada O‘zbekiston fuqarosi uzoq davom etgan kasallik natijasida vafot etdi. Bu haqda O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi xabar berdi.

Uzoq vaqt qandli diabetdan aziyat chekib, “Gaziosmanpaşa Eğitim ve Araştırma Hastanesi” tibbiyot muassasasida qolgan O‘zbekiston fuqarosi Sh.T. kecha, 21 avgust kuni vafot etdi.

Bundan tashqari, joriy yilning 18 avgust kuni Chanakkale viloyatidagi davlat shifoxonasida avgust oyi boshida yo‘l-transport hodisasiga uchrab, mazkur shifoxonaga yotqizilgan o‘zbekistonlik U.M. ham vafot etgan.

“Bosh konsulxona ushbu vaziyatlarni nazoratga olgan va o‘zbekistonliklarning jasadini dafn etish uchun Vatanga jo‘natish borasida marhumlarning qarindoshlariga tegishli konsullik-huquqiy va tashkiliy masalalarni hal qilishda yordam ko‘rsatmoqda”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Istanbul YTH

Baholaganlar

66

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing