Arisdagi portlashlar: harbiy qism komandiri va uning o‘rinbosari hibsga olingan

Olam

image

Qozog‘istonning Aris shahridagi harbiy qism hududida sodir bo‘lgan bir qator portlashlardan so‘ng, hova floti komandiri va uning o‘rinbosari hibsga olingan. Bu haqda “Nur.kz” xabar bermoqda.

Vazirlikning ta’kidlashicha, hibsga olish to‘g‘risidagi qaror Ichki ishlar vazirligining tergov bo‘limi harbiy-tergov bo‘limi tomonidan qabul qilingan.

Kecha, 23-avgust kuni harbiy qism komandiri va uning o‘rinbosari, artilleriya o‘q-dorilar ombori boshlig‘i ushlandi.

Qo‘lga olinganlar jiddiy oqibatlarga olib keladigan portlovchi moddalarni ishlatish va yehtiyotsizlik bilan ishlash qoidalarini buzganlikda gumon qilinmoqda. Ularga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Bundan tashqari, Turkiston viloyati Aris tuman sudi gumon qilinuvchilarga nisbatan 2 oy muddatga hibsda saqlash tarzidagi ehtiyot chorasini tanladi.

Tergov davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning 24-iyun kuni Qozog‘istonning Aris shahridagi harbiy aslahalar saqlanuvchi omborxonada portlash yuz bergandi. Uzoq vaqt davom etgan portlashlar natijasida butun shahar evakuatsiya qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

44

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing