Mamlakatda AQSHning grin-kardini taqiqlab qo‘yamiz – Deputat

Olam

image

Rossiya Federatsiyasi hududida AQSHning grin-kard lotoreyasiga taqiq o‘rnatilishi mumkin.  Bu haqda Davlat Dumasining xalqaro ishlar bo‘yicha qo‘mitasi vakili Aleksey Chepa OAVga ma’lum qilgan. 

Chepaga ko‘ra, bu AQSHning 10 nafar Rossiya vakillariga viza bermaganiga munosib javob bo‘ladi. 

“Bu misli ko‘rilmagan holat. Bizning delegatlarimiz AQSHga emas BMT shtab-kvartirasiga tashrif buyurishmoqchi edi. Bizning javob ham sezilarli bo‘ladi. Masalan, biz AQSH tomonidan o‘tkazilayotgan grin-kard lotoreyasini taqiqlab qo‘yishimiz mumkin”, deydi deputat.

Gap shundaki, bundan bir necha kun oldin AQSHning Moskvadagi elchixonasi BMT Bosh Assambleyasining 74 masjlisida ishtirok etish uchun AQSHga borishni rejalashtirgan  Rossiya delegatsiyasining bir qismiga hech qanday sababsiz viza berishni rad etgan.

Bundan tashqari, BMT majlisiga tashrif buyurgan delegatsiya vakillariga ham turli cheklovlar qo‘yilgan.

AQSH tomonidan xuddi shunday harakatlar Eron delegatsiyasiga nisbatan ham amalga oshirilgan. Xususan, AQSH hukumati Eron Islom Respublikasi Prezidenti Hasan Ruhoniyga Nyu-York shahri bo‘ylab harakatlanishni taqiqlab qo‘ygan. Unga faqat AQSH kuzatuvchilar nazorati ostida BMT shtab-kvartirasini tark etishiga ruxsat berilgan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Rossiya Chepa

Baholaganlar

101

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing