Ayrimlar sportchi niqobida xorijga chiqib, qaytib kelmagan

Sport

image

O‘zbekistonda sport federatsiyalari tomonidan sportchi bo‘lmagan fuqarolar musobaqalar bahonasida xorijga olib chiqib ketilib, tashlab kelingani bilan bog‘liq holatlar qayd etilgan. Bu haqda Adliya vazirligida Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi hamda tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda sport sohasida faoliyat yurituvchi nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari bilan o‘tgan yig‘ilishda so‘z borgan. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 4 sentyabr kuni  jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, xalqaro musobaqalarga tayyorgarlikni kuchaytirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazgan edi.

Prezident sohaga mas’ul idoralar tomonidan jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish hamda aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish ishlari tizimli yo‘lga qo‘yilmaganini tanqid qilgandi.

Adliya vazirligida o‘tgan uchrashuv davomida davlat rahbari boshchiligida o‘tkazilgan yig‘ilishda berilgan topshiriqlar ijrosi hamda so‘nggi paytlarda ijtimoiy tarmoqlarda ayrim sportchilarning noqonuniy xatti-harakatlari va ular bilan bog‘liq noxush hodisalar hamda sport federatsiyalari (uyushmalari) tomonidan chet mamlakatlarga sportchi bo‘lmagan fuqarolarni olib ketib, ularni noqonuniy ravishda usha davlatlarga qoldirib kelish holatlari haqida so‘z borgan. 

Shuningdek, sportchilar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar va ularning oqibatlari to‘g‘risida ma’ruzalar qilingan. 


Maqola muallifi

Teglar

Adliya vazirligi

Baholaganlar

75

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made