Yangiyo‘lda “ZIL” yonib ketdi, 3 kishi kuydi

Jamiyat

image

Shu yilning 2 oktyabr kuni soat 20:26da Toshkent viloyati, Yangiyo‘l tumani, “Chamanzor” MFY, “Toshkent-Termiz” M-39 yo‘lining 82-km.da harakatlanib ketayotgan fuqaro M.S. boshqaruvida bo‘lgan “ZIL-130” rusumli yuk avtomobilida yong‘in sodir bo‘lgan. 

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi FVV YOXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo‘linmasi xabar bermoqda. 

Qayd etilishcha, voqea joyiga bitta yong‘in o‘chirish bo‘linmasi jalb etilgan. Ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in soat 20:42 da o‘rab olinib, soat 21:00 da bartaraf etilgan. 

Hodisa oqibatida yuk avtomobilining salon, motor qismi va old shinalari yonib zararlangan. Bundan tashqari yuk avtomobilining haydovchisi 1992 y.t. fuqaro M.S. va ikki nafar 1992 y.t. yo‘lovchilar: fuqaro S.I. va fuqaro N.A. kuyish tan jarohati olib shifoxonaga yuborilgan. 

Yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Yangiyo'lda ZIL yonib ketdi

Baholaganlar

52

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing