Aliment to‘lamagan ona jarimaga tortildi

Jamiyat

image

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Tayloq tumanlararo sudining sud buyrug‘iga asosan qarzdor ona Z.R. tomonidan undiruvchi Z.T.ning foydasiga to‘rt nafar farzandining voyaga yetgunlariga qadar moddiy ta’minoti uchun har oydagi ish haqi va boshqa daromadlarining ikkidan bir qismi miqdorida aliment pulini to‘lab borishi belgilangan.

Qarzdor Z.R. muqaddam besh marotaba O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 122-moddasi bilan sudlangan bo‘lishiga qaramasdan, o‘ziga tegishli xulosa chiqarib olmasdan, aliment pullarini to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlab kelgan.

Urgut tuman ma’muriy sudining qarori bilan Z.R.ga eng kam ish haqqining 20 baravari miqdorida jarima jazosi tayinlangan.

Shundan so‘ng ham, ona hisoblangan bu fuqaro tayinlangan ma’muriy jazoga qaramasdan, voyaga yetmagan farzandlarini moddiy ta’minlashdan qasddan muttasil bo‘yin tovlab kelib, bugungi kunga qadar uning aliment to‘lovlaridagi qarzdorligi 6 million 977 ming so‘mni tashkil etgan.

Holat yuzasidan Byuroning Urgut tuman bo‘limi tomonidan fuqaro Z.R.ga nisbatan yana ish qo‘zg‘atilib, surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

57

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made