“Hokimiyat tepasiga chiqqan sharq ayollari”. Qonun ayollarning “tilini chiqaradi”mi? 

Intervyu

Kecha, 11 aprel kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimini takomillashtirishga doir Qonunni imzolaganidan keyin, tarmoqlarda muhokama boshlandi. Kimdir qizlarga gap otganlik uchun ham javobgarlik belgilanishi haqida gapirsa, kimlardir “nima er-xotinini ura olmaydimi” deb yozdi. Tanishlarimdan biri “bu qonun ayollarni tilini chiqaradi” deb qoldi.

QALAMPIR.UZ Toshkent davlat yuridik universiteti dotsenti vazifasini bajaruvchi, gender masalalari bo‘yicha mutaxassis, ayollar xuquqi faoli, Kamola Aliyeva bilan aynan qabul qilingan qonun bo‘yicha fikrlari bilan qiziqdi.

Intervyuda Ma’muriy va jinoyat kodeksiga kiritilayotgan o‘zgarishlar, ayollar va bolalar huquqlarini ta’minlashga qaratilgan yangiliklar, oilaviy zo‘ravonlik jinoyatini sodir etganlik uchun jazoning kuchaytirilishi va jinsiy zo‘ravonlik bilan qamalgan shaxsning afv etilmasligi masalasi muhokama qilindi.

Shuningdek, qabul qilingan Qonun ayollarning “tilini chiqarish”i, ayollar huquqlari masalasida amaldorlarning allergiyasi borligi, mahallalardagi yarashtiruv komissiyalarining ayrim xatolari, ajrim, oilada faqat ayol aybdor bo‘lishi va sabr qilishi qolaversa, Qonunning amalda ishlashi masalalari ham tahlil qilindi.

Gender masalalari bo‘yicha mutaxassis Kamola Aliyeva bilan to‘liq intervyuni QALAMPIR.UZ'ning YouTube sahifasida tomosha qiling.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing