Hafta so‘nggida qanday ob-havo bo‘lishi aytildi

Bu qiziq

image

O‘zgidromet O‘zbekiston hududida 11-13 may kunlari kuzatilishi mumkin bo‘lgan ob-havo prognozini e’lon qildi. 

Unga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 12-13 mayda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 11 mayda kechasi 9-14 daraja, kunduzi 27-32 daraja, 12 mayda kechasi 13-18 daraja, kunduzi 30-35 daraja; 13 mayda kechasi 10-20 daraja, kunduzi 32-37 daraja bo‘ladi. 

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 12-13 mayda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 11 mayda kechasi 10-15 daraja, kunduzi 23-28 daraja; 12 mayda kechasi 12-17 daraja, kunduzi 27-32 daraja; 13 mayda kechasi 14-19 daraja, kunduzi 30-35 daraja bo‘ladi. 

Shuningdek, Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 11 mayda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumikn. 12-13 mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 11 mayda kechasi 11-16 daraja, kunduzi 19-24 daraja; 12 mayda kechasi 9-14 daraja, kunduzi 23-28 daraja; 13 mayda kechasi 11-16 daraja, kunduzi 25-30 daraja bo‘ladi. 

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 11 mayda kechasi 11-16 daraja, kunduzi 22-27 daraja; 12 mayda kechasi 11-16 daraja, kunduzi 26-31 daraja; 13 mayda kechasi 14-19 daraja, kunduzi 30-35 daraja bo‘ladi. 

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida esa havo biroz bulutli bo‘ladi, 11 mayda yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 12-13 mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 11 mayda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 11 mayda kechasi 13-18 daraja, kunduzi 20-25 daraja; 12 mayda kechasi 10-15 daraja, kunduzi 22-27 daraja; 13 mayda kechasi 12-17 daraja, kunduzi 23-28 daraja bo‘ladi. 

Bundan tashqari, respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 11 mayda yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 12 mayda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 13 mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 11 mayda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi. Harorat 11 mayda kechasi va kunduzi 8-13 daraja, 12 mayda kechasi 5-10 daraja, kunduzi 12-17 daraja; 13 mayda kechasi 7-12 daraja, kunduzi 14-19 daraja bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo O'zbekiston O'zgidromet

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made