Habib Nurmuhamedov Prezidentning kuyovi bilan mashg‘ulot o‘tkazdi

Sport

image

O‘zbekiston triatlon federatsiyasi raisi Otabek Umarov aralash jang sanati ustasi Habib Nurmuhamedovning O‘zbekistonga tashrifi borasidagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi. 

“Taniqli aralash jang sanati ustasi, rossiyalik UFC jangchisi Xabib Nurmuhamedov jonajon O‘zbekistonimizga mehmon bo‘lib tashrif buyurdi. U bilan birga befit.uz zalida hamyurtlarimiz bilan birgalikda mashg‘ulot o‘tkazdik, ular ajoyib inson bilan muloqot qilishga muyassar bo‘ldilar.

U o‘zining mashhurligiga qaramay nihoyatda kamtar va samimiy inson ekan. Xabibning sportda erishgan yuksak natijalarida otasi Abdulmannop Nurmuhamedovning katta hissasi bor. 

U o‘g‘liga sportning ilk sirlarini o‘rgatgan va o‘ziga bo‘lgan ishonchni uyg‘ota olgan. Xabib o‘z xalqining an’analariga sodiq munosib farzand, O‘zbekiston va butun dunyo yoshlari uchun namuna”, deb xabar qoldirdi Otabek Umarov Instagramdagi sahifasida.

Ma’lumot uchun, rossiyalik taniqli sportchi 25 may kuni O‘zbekistonga tashrif buyurgan edi. O‘sha kuni u O‘zbekiston rahbarining ikki kuyovi va o‘g‘li bilan iftorlik dasturxonida birga ovqatlinishgan.


Maqola muallifi

Teglar

Triatlon federatsiyasi

Baholaganlar

264

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made