Suares Messi dunyoning eng yaxshi futbolchisi ekanini aytdi
Sport
−
16 noyabr 2019
4088"Barselona" hujumchisi Luis Suares Kataloniya jamoasi sardori va hujumchisi Lionel Messi haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Suares argentinalik futbolchi bilan yaqin do‘stona munosabatda ekanini aytib o‘tdi. Shuningdek, u bilan boshidanoq yaxshi til topa olishgani va bu o‘yinlar davomida maydonda bir-biriga katta yordam berganini ta’kidladi.
“Messi dunyodagi eng yaxshi futbolchi ekanini allaqachon isbotlagan va har kuni isbotlamoqda. Lionel yaqinlariga do‘stligini ming martalab ko‘rsatadi. "Oltin butsa" uchun kurashganimda u menga yordam berdi" deydi u.
Ushbu mavsumda Suares "Bareslona" safida 13 uchrashuvda maydonga tushib, 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
LiveBarchasi
Farg‘onada qiymati 76 mln so‘mlik “paqqilloqlar” ushlandi
07 noyabr 2023
Shavkat Mirziyoyev Qatar sobiq bosh vazirini qabul qildi
07 noyabr 2023
Falastin Bosh vaziri Muhammad Shtaye G‘azodagi urush sabab halok bo‘lgan bolalar haqida gapirayotib yig‘lab yubordi
07 noyabr 2023