O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasining yangi formasi namoyish etildi

Sport

image

Kecha, 26 fevral kuni milliy olimpiya qo‘mitasida Tokio shahrida bo‘lib o‘tadigan XXXII Olimpiya va XVI Paralimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik bo‘yicha MOQ huzurida tashkil etilgan tezkor shtab faoliyati va Tokio-2020 Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi uchun maxsus ishlab chiqarilgan sport ekipirovkalari hamda rasmiy liboslarining taqdimoti bo‘yicha matbuot anjumani tashkil qilindi. Bu haqida MOQ matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tadbirda atletlar, delegatsiya vakillari va qo‘llab-quvvatlash guruhi uchun sport ekipirovkalarini tanlash masalasi ko‘rib chiqildi. Professional va havaskor dizaynerlarga o‘zlarini ko‘rsatish uchun ekipirovkalar bo‘yicha xalqaro tanlov e’lon qilindi. Tanlovda 100dan ortiq ishtirokchi o‘z loyihalari bilan qatnashdi: ularning eng zo‘rlari tanlab olinib, prezident va hukumat rahbariyatiga taqdim qilindi. Qayd etilishicha, sport liboslari yaratilishida Tokio shahrining iqlimi ham inobatga olingan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, kiyimlar har bir sport turi bo‘yicha maxsus tikilgan. Ayniqsa, para-atletlarimiz uchun ham ularning klassifikatsiyaga qarab kiyim tayyorlanadi”.
 
Qayd etilishicha, ekipirovkalar dizaynida O‘zbekiston bayrog‘ining ranglari ham mavjud.


 
“Dizayn mamlakatimiz bayrog‘ida aks etgan ranglar asosida tanlandi. Oq rangdan dunyoda ko‘p davlatlarda foydalanishadi. Shu bois ham bizning kiyimimiz ajralib turishi uchun oq va yashil ranglarning uyg‘unligidan foydalanishga harakat qildik. Bu Olimpiada payti Tokioning issiq va nam iqlimida ancha qulay. Qaraganda ham o‘zining jozibasi bilan kishini rom qiladi. Kiyimlardagi naqshlarda boy madaniyatimizni aks ettirishga ham urindik. Bu rang va naqshlar islom dinida xam ijobiy ma’no ifodalaydi. Dunyo ahli bu kiyimlarni ko‘rganida tez suratlarda rivoj topib borayotgan O‘zbekistonni tasavvur qilishi lozim”, – degan liboslar dizayneri Elnora Rizayeva.


Maqola muallifi

Teglar

Olimpiada Tokio-2020

Baholaganlar

62

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing