Peterburgda o‘zbekistonlik talabalar koronavirus yuqtirganini sir saqladi. Ular o‘qishdan haydaladimi?

Olam

image

Rossiyaning Peterburg davlat temir yo‘llar universiteti ma’muriyati O‘zbekistondan bo‘lgan talaba va aspirantlarni o‘qishdan chetlatishi mumkin. Bu haqda OTM saytida xabar berilgan.

Talabalar pandemiya davrida o‘zini yakkalash qoidasini buzgani va o‘zgalar hayotini xavf ostiga qo‘ygani uchun chetlatilishi mumkin. Qayd etilishicha, talabalar koronavirus yuqtirib olishgan, test natijalari ham musbat bo‘lgan. Amm shunga qaramay ular na universitet rahbariyatiga, na yotoqxona mas’ullariga bu haqda aytishmagan. Natijada ular kechikib izolyatsiya qilingan.

Bundan tashqari, ular yotoqxonada yashash bo‘yicha talablarni bajarmay, o‘zini yakkalash qoidasini buzishgan. Ushbu holat universitetning tezkor shtabida ko‘rib chiqilgan.

“Tezkor shtab, fakultet rahbariyati va xalqaro aloqalar boshqarmasi qarori bilan universitet rektori nomiga talabalarni o‘qishdan chetlatishgacha bo‘lgan jazo chorasini ko‘rish bo‘yicha rasmiy iltimosnoma kiritdi”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus Rossiyada

Baholaganlar

166

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing