Koronavirus haqidagi ko‘p ma’lumotlar safsata bo‘lib chiqdi

Olam

image

Kanadaning La Presse Canadienne axborot agentligi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, butun dunyoga xavf tug‘idaryotgan koronavirus odamlar qo‘rqayotganchalik darajada qo‘rqinchli emas. Kanadaning Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST)dagi vakili Erey Tunsberg bu haqda ma’lum qilmoqda.

Erey Tunsberg virusolog olim bo‘lib, u barcha qit’alarda tarqalgan yuqumli kasalliklar ustida izlanish olib borgan. Uning fikriga ko‘ra, Xitoyda paydo bo‘lgan virus yangilik emas. Qaysi ma’nodaki, u e’lon qilinishidan avvalroq paydo bo‘lgan.

“Men bu borada juda ko‘p izlanishlar olib bordim. O‘ylashimcha, biz hozirda aytayotgan va vahima solayotganimiz koronavirus u darajada qo‘rqinchli emas. Bu yerda siyosiy va iqtisodiy qandaydir manfaatlar yotibdi deb o‘ylayman”, deydi Erey Tunsberg.

Mutaxassis o‘z fikrini isbotlar ekan, eng avvalo, yangi turdagi virus havo orqali emas, balki nosog‘lom turmush tarzidan yuqishini aytib o‘tdi.

“Biz xonadonimizdagi maishiy texnika vositalariga deyarli e’tibor qaratmaymiz. Ammo kasalliklarning, ayniqsa, viruslarning urchishiga aynan ularda yig‘ilib qolgan “parazit” bakteriyalarning faollashuvi turtki bo‘ladi”, deydi virusolog.

Uning fikriga ko‘ra, koronavirus “Ebola” kabi qo‘rqinchli emas va ushbu kasalikka qarshi vaksina juda ko‘p davlatlarda mavjud. 


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus

Baholaganlar

464

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing