Yana bir XBA 100 ga yaqin odamni chuv tushirgani aniqlandi

Jamiyat

image

Samarqandda xususiy bandlik agentligi 100 ga yaqin odamni chet elga ishlash uchun yuborish va’dasini berib, ularning qariyb 800 mln so‘m pullarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritdi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

Aniqlanishicha, 2018 yilning dekabr oyidan 2019 yilning dekabr oyiga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida fuqaro M.O. tanishi O.Z. bilan bir guruhga birlashib, ijaraga olingan Samarqand shahri Beruniy ko‘chasidagi 32A uyda “Consort xususiy bandlik agentligi” MCHJ`ning ofisini tashkil qilgan.

Ikki shaxs xorijda ishlash istagini bildirgan fuqarolarga Yaponiya, Germaniya va boshqa davlatlarga ishga yuborishni va’da qilib, 100 ga yaqin fuqarolarning jami 786 948 000 so‘m pullarini qo‘lga kiritgan.

Ushbu shaxslar ustidan jami 95 nafar fuqarolar ariza bilan murojaat qilgan bo‘lib, shulardan 84 nafar fuqaro so‘roq qilinib, jabrlanuvchi deb topilgan. Fuqarolarning qolgan 11 nafari respublikaning turli viloyatlarida yashab kelayotganligi sababli ular bilan bog‘liq tergov harakatlarini o‘zlarining yashash hududi bo‘yicha o‘tkazish choralari ko‘rilmoqda.

Hozirda Samarqand viloyati IIV huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan “Consort xususiy bandlik agentligi” MCHJ direktori M.O. va boshqalarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “b” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Dastlabki tergov davomida jinoyat ishi bo‘yicha fuqarolarga yetkazilgan moddiy zararning 366 mln. so‘mi qoplangan. Jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Ahrorbek Hayrullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

81

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing