Aybi isbotlanmagan erkak 28 yildan so‘ng qamoqdan ozod etildi

Olam

image

To‘rt yoshli qizchani o‘ldirishda ayblangan, aslida esa aybsiz erkak xatolik tufayli 28 yil qamoqda o‘tirdi. Bu haqda “The Mirror” xabar bermoqda.

1988 yilning iyul oyida AQSHning Filadelfiya shtatida yashovchi to‘rt yashar Barbara Jin Xornning jasadi uyi yaqinidagi televizor ostidagi karton qutidan topildi. To‘rt yil o‘tgach, uning qo‘shnisi Uolter Ogrod qotillikda ayblanib hibsga olindi. Qizning o‘limi paytida Ogrod 23 yoshda edi va u nonvoyxonada haydovchi bo‘lib ishlardi.

1996 yilda ikkinchi sud jarayoni bo‘lib o‘tdi. Oqibatda autizm bilan kasallangan erkak qotillikda va Xorn bilan jinsiy aloqada bo‘lganlikda ayblandi. U o‘limga hukm qilindi va 28 yil Pensilvaniya shtatidagi Feniks qamoqxonasida saqlandi.

2020 yilning yanvar oyida DNK testida voqea joyidan olingan namunaning Ogrod DNKiga mos kelmasligi aniqlandi. Endi prokurorlarning tasdiqlashicha, uning qotillikka aloqadorligi isbotlanmadi. 5 iyun, juma kuni undan ayblovlar olib tashlandi va o‘lim hukmi bekor qilindi.

Sud Ogrodni soxta aybni tan olishga politsiya ko‘ndirgan, deb topdi. Ogrodning advokati Jeyms Rollinsning so‘zlariga ko‘ra, uning mijozi mamnun. Uning so‘zlariga ko‘ra, Ogrod ozod bo‘lganidan keyin qiladigan birinchi narsa bu oilaviy barbekyu tayyorlash bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

sud qamoqxona

Baholaganlar

587

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing