O‘zbekistondan Rossiyaning bir nechta shahariga har hafta poyezd boradi

Jamiyat

image
Xorijdagi o‘zbekistonliklarni olib kelish uchun bir oylik charter reyslar ro‘yxati tasdiqlandi north_east

Xorijdagi o‘zbekistonliklarni olib kelish uchun bir oylik charter reyslar ro‘yxati tasdiqlandi

Joriy yilning 28 avgustidan boshlab Rossiyaning to‘rtta shahariga O‘zbekistondan har hafta temir yo‘l reysi amalga oshiriladi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.

Tashqi ishlar vazirligi tomonidan Transport vazirligi bilan birgalikda ishlab chiqilgan va O‘zbekistonga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasiga kiritilgan rejaga muvofiq, 2020 yilning 28 avgustidan boshlab “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning reyslari Yekaterinburg, Rostov-Don, Novosibirsk va Samara shaharlariga har hafta mobaynida tashkil etiladi.

Ta’kidlanishicha, hozirda o‘zbekistonliklarning aynan bir hudud, jumladan, temir yo‘l stansiyalarida to‘planishni davom ettirayotgani ularni bosqichma-bosqich olib kelish jarayoniga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

“Shuni qayd etamizki, koronavirus pandemiyasi sharoitida fuqarolarning ommaviy to‘planishi virusni yuqtirish xavfini oshiradi. Ayniqsa, sog‘lig‘i xavf ostidagi toifalar (qariyalar, homilador ayollar, bemorlar, surunkali kasallikka chalinganlar) uchun bu holat yanada xatarlidir.

Rossiya hududida bo‘lgan vatandoshlarimizdan poyezd stansiyalarida to‘planmasliklarini, hozirda bo‘lib turgan joylarida qolishlarini va barcha karantin talablariga qat’iy rioya qilishlarini yana bir bor so‘raymiz”, deyiladi TIV xabarida.

Avvalroq, O‘zbekiston sentyabr oyidan Turkiya, BAA, Belarus va Qozog‘iston bilan muntazam aviaqatnovlarni tiklash niyatida ekani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

poezd temir yo'l

Baholaganlar

299

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing