O‘zbekistonga Kaspiy dengizi tomondan nam havo oqimi kirib keladi

Bu qiziq

image

Bugun, 15 may kuni O‘zbekistonning katta qismida ob-havo asosan quruq va nisbatan salqin bo‘ladi. Faqat Buxoro, Navoiy, Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida, Toshkent va Sirdaryo viloyatlarida esa kechga borib yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.

16 mayda atmosfera fronti o‘tishi natijasida bulutlar ko‘payib, ayrim joylarga momaqaldiroqli yomg‘ir yog‘adi. Qoraqalpog‘istonda va Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik bo‘lmaydi.

Bu kunlarda kunduzgi harorat 20-25 daraja atrofida bo‘ladi, bu may o‘rtasi uchun xos bo‘lgan me’yordan 3-6 darajaga pastdir.

17 mayda mamlakatm hududining katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat respublikaning janubiy va markaziy viloyatlarida ob-havo bir oz nobarqaror bo‘ladi. Bu hududlarda ba’zi joylarga yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

17 may kechga borib O‘zbekistonning shimoliy hududlariga Kaspiy dengizi tomondan navbatdagi nam havo oqimi kirishni boshlaydi. Ayrim joylarga yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi, shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin.

17 mayda havo harorati 2-3 darajaga ko‘tariladi.


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo

Baholaganlar

434

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing