Ukraina Prezidenti Zelenskiyga nisbatan qidiruv e’lon qilindi

Olam

image

Rossiya Ichki ishlar vazirligi Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyni jinoiy ayblovlar bo‘yicha qidiruvga berdi. Bu haqda TASS xabar berdi.

Qayd etilishicha, vazirlik jinoiy ish ochilishiga nima sabab bo‘lganiga aniqlik kiritmagan. Tegishli qidiruv e’loni departamentning ma’lumotlar bazasida paydo bo‘lgan.

"Vladimir Aleksandrovich Zelenskiy Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining moddalari bo‘yicha qidirilmoqda", deyiladi ma’lumotda.

Qiziq tomoni, ularning aynan qaysi moddalar ekani qayd etilmagan. Faqat "Vladimir Zelenskiyning 1978 yil 25 yanvarda Krivoy Rog shahrida tug‘ilgani, 2019 yilda Ukraina Prezidenti bo‘lgani" qo‘shimcha qilingan.

Bundan tashqari, ma’lumotlar bazasida Ukrainaning sobiq rahbari Pyotr Poroshenko ham qidiruvda ekanini ko‘rish mumkin.

Ma’lumot uchun, Pyotr Poroshenko 2014 yildan 2019 yilgacha Ukraina Prezidenti bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning 17 mart kuni Gaagadagi Xalqaro jinoiy sud Vladimir Putin va bolalar ombudsmani Mariya Lvova-Belovani hibsga olishga order bergan, chunki ular bolalarning noqonuniy deportatsiyasi bilan bog‘liq harbiy jinoyatlar uchun javobgar deb topilgandi. Kreml XJS qarorini qonun nuqtai nazaridan ahamiyatsiz deb atadi.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina Prezidenti Zelenskiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar