Saudiya Qoraqalpog‘istonda shamol elektr stansiyalarini quradi

Jamiyat

image

Qoraqalpog‘iston Respublikasining Qo‘ng‘irot tumanida Saudiya Arabistonining “ACWA Power” kompaniyasi tomonidan quvvati 500 MVt bo‘lgan shamol elektr stansiyasi quriladi. Bu haqda Prezidentning "Qoraqalpog‘iston Respublikasining Qo‘ng‘irot tumanida quvvati 500 MVt bo‘lgan shamol elektr stansiyasini, quvvati 100 MVt bo‘lgan elektr energiyasini saqlash tizimini, quvvati 500 kV bo‘lgan podstansiya hamda havo elektr uzatish tarmog‘ini qurish (Kungrad Wind 2)" investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori qabul qilindi.

Bundan tashqari, ushbu kompaniya tomonidan quvvati 100 MVt bo‘lgan elektr energiyasini saqlash tizimini hamda havo elektr uzatish tarmog‘ini barpo etish bo‘yicha loyihalar ma’qullandi. “ACWA Power” kompaniyasi har bir loyiha doirasida risklarni o‘z bo‘yniga olgan holda 667 mln dollarlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri sarmoya jalb qiladi. O‘zbekiston esa ishlab chiqarilgan elektr energiyasini kafolatli sotib oladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, buning uchun mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi Kungrad Wind 1, Kungrad Wind 2 va Kungrad Wind 3 qo‘shma korxonalari tashkil etilgan.

Shuningdek, yangi podstansiya va havo elektr uzatish tarmoqlari uchun sarflangan xarajatlar 10 yil davomida qoplab beriladi.


Maqola muallifi

Teglar

Saudiya Arabistoni Qoraqalpog'iston Saudiya shamol elektr stantsiyasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made