Ramzan Qodirov Sulaymoniy o‘limiga munosabat bildirdi

Olam

image
Eronning “qo‘li yetadigan”  AQSH bazalari soni ochiqlandi north_east

Eronning “qo‘li yetadigan” AQSH bazalari soni ochiqlandi

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Eron Islom Respublikasi Islom inqilobi posbonlari korpusining “Quds” maxsus bo‘linmasi generali Qosim Sulaymoniyning AQSH hujumi natijasida o‘ldirilishiga munosabat bildirdi.

“Bag‘dodda Eronning “Quds” maxsus bo‘linmasi qo‘mondoni Qosim Sulaymoniy o‘ldirildi. Pentagon bu Amerika qurolli kuchlarining ishi ekanini aytdi.

Ko‘plab siyosatchilar, jumladan, BMT mas’ullari rasmiy Vashingtonning hujumini qoraladi. AQSHning suveren davlat hududiga hujum qilish metodi diqqat markazida bo‘lib turibdi.

AQSH xatti-harakatlari Yaqin Sharqda kutib bo‘lmaydigan oqibatlarga olib kelishi mumkin. Bu hech kimni befarq qoldira olmaydi”, deydi Qodirov.

Eslatib o‘tamiz, Yaqin va O‘rta Sharqning eng ko‘zga ko‘ringan kishisi bo‘lgan Qosim Sulaymoniy 3 yanvarga o‘tar kechasi Bag‘dod aeroportiga havo hujumi vaqtida halok bo‘ldi. Eron o‘z generali uchun AQSHdan ayovsiz qasos olishga va’da berdi.

AQSH Sulaymoniyning o‘limiga munosabat bildirib, Eron hech qachon urushda g‘olib bo‘lmasligini, shu bilan birga, muzokaralardagi muvaffaqiyatsizliklarga ham chiday olmasligini ta’kidladi.

Ma’lumot uchun, AQSH Sulaymoniyni Bag‘doddagi Amerika elchixonasiga hujum uyushtirishda aybladi. Bundan tashqari, Tramp Sulaymoniy millionlab odamlar o‘limiga javobgar ekanini ma’lum qildi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh-Eron Ramzan Qodirov Qosim Sudaymoniy

Baholaganlar

3592

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made