Nigerdagi isyonchilarga do‘st davlatlar u yerga harbiy samolyot jo‘natdi (video)

Olam

image

Mali va Burkina-Faso hukumatlari G‘arbiy Afrika Davlatlari Iqtisodiy Hamjamiyatining (ECOWAS) ehtimoliy harbiy aralashuviga javob berish uchun Nigerga jangovar samolyotlar yubordi. Bu haqda Niger davlat televideniyesi xabar berdi.

Aytilishicha, Burkina-Faso va Mali qo‘shma birdamlik bildirishnomasi doirasidagi majburiyatlarini shu tarzda amalga oshirmoqda. Bundan tashqari, Niger poytaxti Niameyda ECOWAS’ning kutilayotgan harbiy aralashuvini qaytarish uchun uch mamlakat bosh shtablari ofitserlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tgan.

Ma’lumot uchun, Niger, Burkina-Faso va Mali hududlari Fransiyaning sobiq mustamlakalari sanaladi. Har uchala davlatda, 2021 yilda Malida, 2022 yilda Burkina-Fasoda, 2023 yil iyul oyi oxirida Nigerda harbiy to‘ntarishlar sodir bo‘lgan. Nigerdagi yangi hokimiyat Fransiya bilan hamkorlikni to‘xtatgan. ECOWAS Nigerga harbiy aralashuv bilan tahdid qilganidan so‘ng Burkina-Faso va Mali bunday harakatlarni o‘z hududlariga hujum deb hisoblashga va’da bergan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Ganada bo‘lib o‘tgan ECOWAS shtab boshliqlarining yig‘ilishida Nigerga harbiy intervensiya boshlanishi uchun sana belgilangani ma’lum bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Burkina-Faso Niger Mali ECOWAS

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made