Mirziyoyev USAID rahbari Samanta Pauerni qabul qildi

Jamiyat

image

Bugun, 23 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID)  administratori Samanta Pauer boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi

Qayd etilishicha, Mirziyoyev Markaziy Osiyo mamlakatlari va AQSHning vazirlar darajasidagi taraqqiyot masalalari bo‘yicha uchrashuvida ishtirok etish uchun O‘zbekistonda bo‘lib turgan delegatsiya bilan konstruktiv va o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini ko‘rib chiqqan.

Suhbat chog‘ida joriy yilning sentyabr oyida Nyu-York shahrida BMT Bosh Assambleyasi sessiyasi doirasida bo‘lib o‘tgan “S5+1” formatidagi davlat rahbarlari sammitida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish yuzasidan fikr almashilgan. 

Shuningdek, uchrashuvda O‘zbekistonda USAID bilan hamkorlikda sog‘liqni saqlash, ta’lim, “yashil” energetika, agrobiznes va boshqa yo‘nalishlarda bir qator loyihalar ro‘yobga chiqarilgani va davom ettirilayotgani ta’kidlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev USAID Samanta Pauer

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made