Kurs UZS

USD

12 925.20

-11.96

EUR

13 982.48

45.28

RUB

152.58

-1.97

Qozog‘iston Senatiga yangi rais saylandi

Olam

image

Qozog‘iston Respublikasi parlamenti Senatining raisi etib Maulen Ashimbayev saylandi. Bu haqda Prezident Matbuot kotibi Berik Kurmangali ma’lum qildi.

“Maulen Ashimbayev Qozog‘iston Respublikasi Senati raisi etib saylandi”, degan Kurmangali ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Nazarboyevaga nazar tegdimi yoxud Darig‘aning chetlashtirilishida otasining qo‘li bormi? north_east

Nazarboyevaga nazar tegdimi yoxud Darig‘aning chetlashtirilishida otasining qo‘li bormi?

Qayd etish kerakki, Ashimbayev bu lavozimda Qozog‘istonning Birinchi Prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboyevning to‘ng‘ich qizi Darig‘a Nazaroyevaning o‘rnini egalladi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 2 may kuni Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev Senat raisi Darig‘a Nazarboyevaning vakolatini tugatish to‘g‘risida farmonni imzoladi. Shuningdek, uning xizmatlari uchun minnatdorlik bildirdi.

Ma’lumot uchun, Darig‘a Nazarboyeva  2019 yilda otasi Prezidentlikdan iste’foga chiqqach, Senat raisi etib saylangan edi. Undan avvalgi Senat raisi Qosim-Jomart To‘qayev mamlakat Prezidenti bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston Senat

Baholaganlar

103

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing