Eronda qurolli hujum oqibatida 9 kishi halok bo‘ldi

Olam

image

Eronning Sirkan shahrida qurolli shaxslar tomonidan uyushtirilgan hujum oqibatida to‘qqiz kishi halok bo‘ldi. Bu haqda manbalariga tayanib, “Mehr” agentligi xabar berdi.   

Qayd etilishicha, bugun, 27 yanvar kuni ertalab noma’lum shaxslar qurolsiz shahar aholisiga qarata o‘t ochgan. Agentlikning qayd etishicha, hujum qurbonlari eronliklar emas. Eronning chegara hududlarida faoliyat yuritayotgan hech bir guruh hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmadi.

Ma’lumot uchun, hujum bo‘lgan Sirkan shahri Eron-Pokiston chegarasi yaqinidagi Siston va Balujiston viloyatida joylashgan.

Eslatib o‘tamiz, 16 yanvar kuni Eron qurolli kuchlari Pokistondagi “Jaysh az-Adl” terrorchilik guruhining ikkita qarorgohiga zarba bergandi. Operatsiya davomida dron va raketalardan foydalanildi. Pokiston Tashqi ishlar vazirligi zarbani qoralab, uni jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan havo hududining buzilishi deb atadi. Hujum oqibatida ikki bola halok bo‘lgan.

18 yanvar kuni Pokiston Eronning Siston va Balujiston viloyatining bir qancha hududlariga zarbalar berdi. Pokiston TIV ham zarbalardan ko‘zlangan maqsad “terrorchilarning boshpanalari”ni yo‘q qilish ekanini bildirdi. Hujum oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi.

Keyinchalik, Pokiston Tashqi ishlar vaziri Jalil Abbos Jiloniy Eron Tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullohiyon bilan ikki mamlakat o‘rtasidagi vaziyatni yumshatishga kelishib olgani aytildi.


Maqola muallifi

Teglar

Eron qurolli hujum Sirkan

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made