Eron AQSHga navbatdagi javob qanday bo‘lishini ochiqladi

Olam

image

Eronning AQSHga beradigan navbatdagi zarbasi qanday bo‘ladi? Bu savolning javobi ayni vaqtda dunyo e’tibor markazida turibdi. Eron Mudofaa vaziri Amir Xatami Iroqdagi Amerika bazalarini bombardimon qilinganidan so‘ng Qo‘shma Shtatlarga qarshi qo‘shimcha choralar ko‘rilishini rad etmadi.  

"Keyingi javob AQSHning xatti-harakatlariga mutanosib bo‘ladi", deydi u. Mudofaa vazirining qayd etishicha, Tehron allaqachon Vashingtonga katta saboq bergan. 

Hozirgacha Oq uy bo‘lib o‘tgan voqealar yuzasidan rasmiy bayonot bergani yo‘q. Eron raketa hujumi oqibati AQSHning 80 nafar harbiysi qurbon bo‘lganini iddao qilmoqda. Ammo, Amerika hamon bu masalada sukut saqlomoqda. AQSHda allaqachon tong otdi. Biroq, na Oq uydan va na Trampdan sado bor. 

Ikki mamlakat o‘rtasidagi muloqotlar ko‘p yillardan buyon tarang bo‘lib kelmoqda, ular o‘rtasida diplomatik munosabatlar mavjud emas. O‘rtada vaziyat keskinlashtiradigan masala esa – Eronning atom quroli. 

3 yanvar kuni Donald Trampning topshirig‘i bilan Bag‘dodda Eronning tashqi siyosatidagi muhim figura, Yaqin Sharqdagi shia guruhlarini yo‘llantirib, 20 yildan buyon Eron Islom inqilobi posbonlari korpusining maxsus bo‘linmasi “Al-Quds”ni boshqargan general Qosim Sulaymoniyning o‘ldirilishi Eron va AQSH munosabatlarini keskinlashtirdi. 


Maqola muallifi

Teglar

Eron-AQSh

Baholaganlar

1174

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made