Bo‘rijar kanalida cho‘kib ketganlar xorij fuqarolari bo‘lgan – BP

3-sahifa

image

Avvalroq, Toshkent shahrida Bo‘rijar kanalining Chilonzor tumanidan oqib o‘tuvchi qismida 5 yashar bola, bir ayol va bir erkak cho‘kib ketgani haqida xabar berilgan edi. Ular Xitoy va Rossiya fuqarolari bo‘lgani aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi.

Aniqlanishicha, Rossiya fuqarolari – M.Yu.Surkan o‘g‘li M.P.Surkan bilan joriy yilning 10 aprel kuni Yakkasaroy tumani, Sharshara ko‘chasida joylashgan oqib o‘tuvchi Bo‘rijar kanali oldida o‘ynab yurgan vaqtlarida, M.P.Surkan mazkur kanalga ehtiyotsizlik oqibatida tushib ketgan. Ushbu holatga guvoh bo‘lgan Vu.Junan uni qutqarish maqsadida kanalga sakragan. Ularning orqasidan M.P.Surkaninng onasi M.Yu.Surkan ham kanalga sakragan.

Shu kunning o‘zida M.Yu.Surkan o‘g‘li M.P.Surkanlarning murdalari Chilonzor tumani hududidan oqib o‘tuvchi Bo‘rijar kanalidan topilgan.

O‘zbekiston Respublikasi FVV Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan olib borilgan qidiruv harakatlari natijasida 12 aprel kuni kanaldan Vu.Junanning  ham murdasi topilgan.

Shuningdek, Vu. Junan shu yilning 26 mart kuni tadbirkorlarga tarjimonlik qilish maqsadida O‘zbekistonga kelgani aniqlangan. U 1980 yilda tug‘ilgan bo‘lib, Yakkasaroy tumanidagi mehmonxonalardan birida yashab kelayotgan bo‘lgan.

Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Bo'rijar xorij fuqarolari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made