Bosh vazirga suiqasd uyushtirgan shaxs umrbod qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin

Olam

image

Slovakiya Bosh vaziri Robert Fitsoga suiqasd qilishda gumonlangan shaxs Yuray Sintula umrbod qamoq jazosiga hukm etiladi. Bu haqda SME nashri xabar berdi. 

Qayd etilishicha, gumonlanuvchi 71 yoshda bo‘lib, avval savdo markazida qo‘riqchi bo‘lib faoliyat yuritgan. Gumondor bugun, 18 may kuni kuchaytirilgan xavfsizlik choralari ostida sud zaliga olib kelindi. Unga qasddan suiqasd uyushtirish aybi qo‘yildi.

“Uni umrbod qamoq jazosi kutmoqda”, deyiladi nashrda.

Gumondor sud davomida qilgan ishidan afsusda emasligini ta’kidladi. U siyosatdan norozi bo‘lgani uchun hukumat rahbariga qarata o‘q uzganini bildirdi. Aniqlanishicha, u Bosh vazirni o‘ldirmoqchi emas, balki zarar yetkazmoqchi bo‘lgan.

Bildirilishicha, jinoyat siyosiy sabablarga ko‘ra sodir etilgan.
Ma’lumot uchun, Fitsoga suiqasd 15 may kuni Slovakiya hukumati yig‘ilishi bo‘lib o‘tayotgan Gandlova shaharchasida Madaniyat uyi oldida sodir bo‘lgan. Bosh vazir olomon orasidan o‘tayotganda ulardan biri unga ismini aytib murojaat qilgan, so‘ng to‘pponchani chiqarib, o‘q otishni boshlagan. Shundan so‘ng, u voqea joyida qo‘lga olingan. Fitsoga uchta o‘q tegdi – ikkitasi oshqozonga, biri yelkasiga. Uning ahvoli barqaror, ammo og‘ir ekani aytilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Robert Fitsoga suiqasd uyushtirmoqchi bo‘lgan Yuray Sintula hech qanday radikal guruhga a’zo bo‘lmagani, ammo hukumatga qarshi namoyishlarda qatnashgani aniqlangandi.

Rayhona Ulkanbayeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Bosh vazir Slovakiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing