Baydenning o‘rnini Mishel Obama egallashi mumkin – OAV

Olam

image

AQSH Demokratik partiyasining ba’zi a’zolari 2024 yil avgust oyida Chikagoda bo‘lib o‘tadigan partiya qurultoyida Prezident Jo Bayden bo‘lajak saylovlarda qatnashmaslik qarorini e’lon qilishini va uning o‘rniga AQSHning sobiq prezidenti Barak Obamaning rafiqasi Mishel nomzodini ilgari surishni taklif qilmoqda. Bu haqda Germaniyadagi eng mashhur haftalik jurnallardan biri  “Der Spiegel” xabar berdi.

Qayd etilishicha, Demokratik partiya hatto Mishelni potensial nomzodlar so‘roviga kiritgan, ko‘pchilik amerikaliklar mamlakatni ayol prezident boshqarishini orzu qiladi. Demokratik partiya aholi o‘rtasida o‘tkazilgan sotsiologik so‘rovlarga tegishli savolni kiritgan. Bundan tashqari, bukmekerlar Obamani saylovda eng istiqbolli nomzodlardan biri sifatida ko‘rishadi. Asosiy sabablardan biri sifatida amerikaliklarning uchdan ikki qismi Baydenni AQSHni yana to‘rt yil boshqarish uchun juda keksa deb hisoblashi ko‘rsatilgan.

Shuningdek, ko‘pchilik, amaldagi prezidentdan unchalik yosh bo‘lmagan va yozuvchi ayolni zo‘rlashda ayblanib, bir necha kunini sudda o‘tkazadigan Donald Tramp nomzodini uncha xushlamaydi.

Biroq, Mishel intervyularining birida siyosatga hech qachon qiziqmaganligini aytgan. O‘z xotiralarida Obama so‘nggi o‘n yillik tajribasi uning qarashlarini o‘zgartirmaganini tan olgan. Siyosatchilarning fikricha, bu ayolning amerikalik saylovchilar orasida mashhurligiga ta’sir qilishi mumkin.

“Bo‘lajak saylovlarda Mishel Obamaning Bayden o‘rniga kelishi ehtimoli ancha past. Uning shaxsiy reytingi ancha yuqori bo‘lsa-da, Amerika jamiyati sobiq birinchi xonimni mashhur shaxs sifatida qabul qiladi. Uning o‘zi ham, xotiralariga ko‘ra, siyosatda ishtirok etishga intilmaydi. Qolaversa, 2020 yilda unga prezidentlikka nomzod bo‘lish taklifi berilgandi, biroq u o‘z nomzodini qo‘ymagan”, deydi amerikalik siyosatshunos Malek Dudakov.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken Xitoyni AQSHdagi prezidentlik saylovlariga ta’sir o‘tkazish va aralashishga urinishda ayblagan edi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Bayden Mishel' Obama

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made