Pogba aktyorlikka qadam qo‘ydi

Sport

image

Doping bilan bog‘liq holatlar uchun 4 yilga futboldan diskvalifikatsiya qilingan fransiyalik yarim himoyachi Pol Pogba aktyorlik faoliyatini boshlamoqda. Bu haqda “Gazzetta dello Sport” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, transfer huquqlari hanuzgacha Turinning “Yuventus” klubiga tegishli bo‘lgan futbolchi kinoaktyor sifatida dastlabki rolini o‘ynashga yaqin turibdi.

Pogba “4 nol” nomli filmda rol o‘ynaydi. Kinoda 2018 yilgi jahon chempioni yosh futbolchilar murabbiyi vazifasini bajaradi. Film 2025 yilning yozida chiqishi kutilmoqda.

Qayd etish joiz, Pogba o‘tgan yilning avgust oyida doping bilan bog‘liq muammolarga duch kelgan, o‘shanda “Udineze”ga qarshi o‘yindan so‘ng Pogbaning qonida testosteron ko‘tarilgani aniqlangan. Takroriy tekshiruvlar futbolchining taqiqlangan dori vositasidan foydalanganini tasdiqladi. U apellyatsiya berdi, ammo rad etildi.

“Yuventus”dan tashqari Pogba faoliyati davomida “Manchester Yunayted”da o‘ynagan va Angliyada olti mavsum o‘tkazgan.


Maqola muallifi

Teglar

Yuventus Pol' Pogba Doping aktyor

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made