JSST rahbari koronavirus pandemiyasini urush bilan taqqosladi

Olam

image
0:00
0:00
download

COVID-19 pandemiyasini yengish uchun dunyoning yetakchilari kuchlarni birlashtirishi va koronavirusga qarshi vaksinalar ishlab chiqarishni tezlashtirishi kerak. Bu haqda Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) bosh direktori Tedros Adanom Gebreyesus “The Guardian” gazetasi orqali ma’lum qildi.

Shuningdek, direktor koronavirus pandemiyasini urush bilan taqqosladi: uning fikriga ko‘ra, davlatlar nafaqat o‘zi haqida o‘ylash, balki kurashish uchun kuchlarni ham safarbar qilishi kerak. JSST rahbarining ta’kidlashicha, epidemiologik tadbirlar ko‘plab jamiyatlarning yopilishiga olib keldi, shuningdek kichik va yirik biznesga katta zarar yetkazdi. 

“Biz tarixdagi favqulodda lahzani boshdan kechirmoqdamiz. Biz vaksinalarni [boshqa mamlakatlar bilan] baham ko‘rishga vaintellektual mulk huquqidan voz kechishga tayyor bo‘lishimiz kerak”, deb yozgan Gebreyesus.

Uning so‘zlariga ko‘ra, dunyo hamjamiyati butun dunyoda vaksinalar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishi kerak va ishlab chiqaruvchilar litsenziyalar hamda texnologiyalarni baham ko‘rishi zarur.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

54

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing