JSST rahbari dunyo mamlakatlariga murojaat bilan chiqdi

Olam

image
0:00
0:00
download

Kecha, 1 aprel kuni G20, G7 va barcha mintaqalarning 25 dan ortiq rahbarlari ishtirokida koronavirus pandemiyasiga bag‘ishlangan brifing o‘tkazildi.  

Brifingda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Adhanom Gebreyesus nutq so‘zladi. 

“Dunyo xavfsizligini saqlash uchun avlodlar zimmasiga tushadigan pandemiya shartnomasi chaqirig‘iga tobora ko‘proq rahbarlar qo‘shilayotganidan xursandman”, deya so‘zini boshlagan Gebreyesus. 

JSST rahbari o‘z nutqi davomida pandemiyagacha bo‘lgan davrda ham dunyo tibbiyotiga kamida 18 million sog‘liqni saqlash xodimi yetishmaganini ta’kidlagan. 

"Pandemiyani tugatish va birgalikda sog‘ayish uchun birinchi navbatda sog‘liqni saqlash xodimlarini jalb qilish kerak", degan Gebreyesus. 

U shuningdek, vaksinani adolatli taqsimlash hali ham dolzarbligini ta’kidlagan.

"Yilning 100-kuniga to‘qqiz kun qoldi. Sog‘liqni saqlash xodimlari va barcha mamlakatlarda xavf ostida bo‘lganlarni emlash bizning qo‘limizda", degan Gebreyesus. 

Shuningdek, JSST rahbari dunyo hamjamiyatiga murojaat qilib, 20 ta muhtoj davlatga 10 million doza koronavirus vaksinasi ajratishga chaqirgan.

Gebreyesus avvalgi yordam chaqiruvi muvaffaqiyatli bo‘lmaganini ta’kidlagan.

“O‘tgan hafta men favqulodda foydalanish uchun dori-darmonlar ro‘yxatiga kiritilgan COVID-19 ga qarshi vaksinalari bo‘lgan mamlakatlarga zudlik bilan 10 million dozani COVAX bilan bo‘lishishlarini iltimos qildim. Ammo hamon kutyapman”, degan JSST rahbari.


Maqola muallifi

Teglar

JSST KORONAVIRUS

Baholaganlar

276

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing