Japarov Prezident bo‘lishi avvaldan aniq edi – YeXHT

Olam

image

Sadir Japarovning saylovoldi kampaniyasini moliyalashtirishdagi ustunligi tufayli Qirg‘izistondagi prezidentlik saylovlarining nomzodlari o‘rtasida kurash teng bo‘lmagan. Bu haqda bugun, 11 dekabr kuni maxsus koordinator va YeXHTning qisqa muddatli kuzatuvchilar missiyasining rahbari Piter Yuel-Yensen ma’lum qildi.

“Biz aniqladikki, qonunchilik bazasida teng saylovlar ko‘zda tutilgan va asosiy erkinliklar hurmat qilingan. Biroq saylovoldi tashviqotining o‘zida bitta nomzod ustun keldi – u nomutanosib moliyaviy va ma’muriy resurslardan foydalanish ortidan ustunlikka ega bo‘ldi, bu esa tengsiz o‘yin maydonini anglatadi”, deydi Yuel-Yensen.

Uning so‘zlariga ko‘ra, boshidanoq ushbu saylov kampaniyasida Sadir Japarov g‘olib chiqishi aniq edi: masalan, uning saylovoldi tashviqoti barcha xarajatlarning 54 foizini va ommaviy axborot vositalaridagi barcha pullik materiallarning 99 foizini tashkil etgan.

Saylov jarayonining tashkil etilishi

Yuel-Yensenga ko‘ra, Qirg‘izistonda prezidentlik saylovlariga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish jarayoni umuman yaxshi tashkil etilgan edi.

“So‘nggi oylar Qirg‘iziston Respublikasi uchun juda dramatik va siyosati uchun juda xaotik bo‘lib o‘tdi. Ammo kecha, umuman olganda, biz yaxshi tashkil etilgan saylov jarayonini ko‘rdik”, deydi u.

Fuqarolarning erkinligi

YeXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi missiyasi rahbari Tamas Mazerichga ko‘ra, Qirg‘izistondagi navbatdan tashqari prezidentlik saylovlari fuqarolarning asosiy erkinliklariga rioya qilingan holda o‘tkazilgan. 

“Fuqarolarning asosiy erkinliklari, umuman, butun saylov jarayonida kuzatilgan, biz ularga rioya qilinmagan holatni aniqmadik”, deydi Mazerich.

Eslatib o‘tamiz, Qirg‘izistonda muddatidan oldin bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlaridagi ovozlarni qo‘lda hisoblashning dastlabki natijalariga ko‘ra, nomzod Sadir Japarov 79,20 foiz bilan yetakchilik qilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Qirg'izistondagi saylovlar

Baholaganlar

163

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing