Jamoat transporti uchun alohida yo‘lak ajratish taklif qilindi

Jamiyat

image

Avtobus va yo‘nalishli taksilar uchun yo‘lning alohida bo‘lagi ajratilishi taklif qilindi. Ushbu taklif "Mening fikrim" jamoaviy murojaat portaliga joylashtirildi.

Ta’kidlanishicha, Toshkent shahrida tirbandliklar ko‘p bo‘lishini hisobga olib, jamoat transportidan foydalanayotgan fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida jamoat transportlari, xususan, avtobuslar va yo‘nalishli taksilar uchun yo‘lning alohida ma’lum bir bo‘lagini ajratish taklif qilingan. Bunda tig‘iz vaqtda (chaspik) u bo‘lakda harakatlanayotgan yengil turdagi avtomobillarga avtobus uchun yo‘l berish majburiyatini yuklash ko‘zda tutilgan.

“Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, jamoat transport vositalari harakati uchun yo‘lning alohida yo‘lagini ajratishni taklif qilamiz“, deydi taklif muallifi.

Muallif fikricha, buni DYHXX xodimlari yordamida tartibga solishi kerak.

Fuqarolar ushbu taklifga izoh yozishar ekan, Toshkent ko‘chalaridagi tirbandlikni hisobga olib bunday taklifni amalga oshirish qiyin masala ekanligini ta’kidlashmoqda. Eslatib o‘tamiz, hozirgacha O‘zbekiston yo‘llarida bunday amaliyot qo‘llanilmagan. Faqatgina Toshkentning sanoqli ko‘chalari bundan mustasno.

 
 

Maqola muallifi

Teglar

Jamoat transporti

Baholaganlar

158

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing