Jahongir Otajonovning O‘zbekistondan chiqishiga taqiq qo‘yildi

Madaniyat-san’at

image
0:00
0:00
download

Joriy yilning 17 oktyabr kuni xonanda Jahongir Otajonov ijtimoiy tarmoqlar orqali murojaat qilib, unda xorijga chiqishi uchun Majburiy ijro byurosi organlari tomonidan taqiq qo‘yilganligi sababli, chetga chiqa olmaganligini bildirgan.

Videomurojaatda aytilishicha, Jahongir Otajonov o‘g‘lining operatsiyasi sabab Istanbulga uchishi kerak bo‘lgan. Ammo aeroportda uning mamlakatdan chiqishi uchun taqiq qo‘yilgani aytilgan. Bunga uning MIBdan qarzdorligi borligi sabab qilib ko‘rsatilgan.

Majburiy ijro byurosi mazkur murojaat yuzasidan o‘rganish ishlari olib borib, natijalari haqida ma’lumot berdi.

O‘rganish ishlari davomida, fuqaro Jahongir Otajonov tomonidan sudlar qarorlariga asosan - fuqarolar S.F., M.S. va Ye.I.ga 3 nafar voyaga yetmagan farzandlari uchun aliment undiruviga oid 3 ta ijro ishi mavjudligi aniqlandi.

Ushbu ijro ishlari bo‘yicha Byuro organlari tomonidan majburiy ijro harakatlari olib borilgan. 

Jumladan, fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirobod tumanlararo sudining ijro hujjatiga asosan qarzdor Jahongir Otajanovdan undiruvchi S.F. foydasiga aliment undirish belgilanib, Byuroning Olmazor tuman bo‘limi tomonidan majburiy ijro harakatlari olib borilgan va undiruvchi S.F. ijro hujjatini ijrosiz qaytarish yuzasidan ariza bilan murojaat qilganligi sababli, 21.01.2020 yilda ijro hujjati undiruvchiga qaytarilgan va ijro ishi tamomlangan.

Xususan, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Urganch tumanlararo sudining ijro hujjatlariga asosan qarzdor Jahongir Otajanovdan undiruvchilar M.S. va Ye.I. foydasiga aliment undirish belgilanib, Byuroning Yunusobod tuman bo‘limi tomonidan majburiy ijro harakatlari olib borilgan va uning O‘zbekiston Respublikasidan chiqish huquqi vaqtinchalik cheklangan.

O‘rganishda, ushbu taqiqlar O‘zbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organ hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 42-1-moddasiga muvofiq qo‘yilganligi aniqlangan.

Ma’lumki, Majburiy ijro byurosi organlari - sud va boshqa organ hujjatlari ijrosini ta’minlaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Jahongir Otajonov

Baholaganlar

1092

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing