Zangiota maxsus shifoxonasi qurilishida hatto shifokorlar qatnashgan

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Zangiota maxsus shifoxonasi qurilishida, hatto mebellarni joylashtirishda shifokorlar ishtirok etgan. Bu haqda, 1-Zangiota maxsus shifoxonasi direktori o‘rinbosari Olimjon Isxakov QALAMPIR.UZ uchun bergan intervyusida aytib o‘tdi.

“Tibbiyot xodimlarini (Zangiotadagi nazarda tutilgan–tahr) koronavirus bilan kurashishga tayyor emas edi, deb aytish noto‘g‘ri. Koronavirus 15 mart kuni boshlangan bo‘lsa, hatto qurilish ishlarida ham shifokorlar qatnashdi”, deydi Olimjon Isxakov.

Mutaxassis, shuningdek, Zangiotada ishlagan shifokorlar oylik maoshlarini ololmagani va kun davomida ishlashga majbur bo‘lgani to‘g‘risidagi mish-mishlarga to‘xtalib o‘tdi. 

“Boshidan hamma maoshini to‘liq olgan. Vazirlar Mahkamasining qator protokollari chiqdi. Aynan shu protokol asosida shifokorlarning ish soati 12 soat deb belgilangan. Shifoxonada  har xil vaziyat bo‘ladi va shu vaqtda shifokorlar tayyor turishi kerak. Biz oq xalat kiydikmi, demak javobgarmiz. Bemorga yordam berish kerak bo‘lgan vaqtda, ish vaqtimiz tugadi, deb ketib qolish kiygan oq xalatimiz va ichgan qasamyodimizga zid”, deydi Olimjon Isxakov.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

216

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing